Bugun LTV haqida gaplashamiz
Keling avval LTV o'zi nima deganiligini qisqacha gaplashib olsak
LTV bu - Life Time Value. Ya'ni bitta mijozingizni sizga, hamkorligingiz davomida beradigan qiymati, soqqasi desak ham bo'ladi )
"Choynaklar" uchun qisqacharoq qilib tushuntiraman:
Agar sizni mashina ustaxonangiz bo'lsa va unda 1 ta mijoz 1 yil davomida, har oy 500.000 UZS lik xizmatdan foydalansa, bu mijozingizning LTV'si 6.000.000 so'mlik bo'ladi.
Bu muammolar sizda ham bor: Frilanser bo'lsangiz ham, yokida qaysidir kompaniyada ishlasangiz ham.
- Har oy yangi loyihada qidirishga to'g'ri keladi;
- Loyihalar vaqtida pulni to'lashmaydi;
- Yangi loyiha olish uchun reklama xarajatlari doimiy ketadi;
- Oy davomida doimiy stressda bo'lasiz.
TANISH HOLATMI?
Bu muammolarni LTV'ni yaxshilagan holda yo'q qilsa bo'ladi. Faqat...
LTV oshirishning 5 ta men bilgan va menda ishlagan usullari bor
1. Berayotgan qiymatingiz olayotgan pulingizdan ko'p bo'lsin.
Sirli masalliqning siri shundami? Sirli masalliqni o'zi yo'q!
Hozirgi kunda "trend" bo'lgan gap: Qanday qilib qimmat sotish mumkin?
Agar olayotgan pulizdan berayotgan qiymatingiz baland bo'masa qimmat sotganizni foydasi yo'q. Keyingi oy yana "qimmat oladigan" klent qidirib yuraverasiz.
1 ta mijozda 2 oy davomida $2.000 dan olgandan ko'ra, o'sha mijozdan 6 oy $1.500 dan olganiz yaxshiroq.
2. Faqat o'zingizga berilgan qismlargagina emas, biznesdagi boshqa protsesslarga ham yordam bering
Boshqani ishiga "sho'ng'ib" keting degani emas bu. Biznesni yaxshi his qilish uchun hamma protsessdan xabardor bo'lishingiz kerak.
Sotuv, finans, hr, ta'minot. Agar shu yo'nalishlar bo'yicha ham biznesga qandaydir takliflar berib tursangiz, loyiha bir umrlik deb hisoblayvering.
Lekin bu ish o'zizni ishizni qoyillati qo'ygandan keyin bo'lishi kerak )

3. Xizmatingiz oldigan doimo bonus qo'shib bering
KP berayotganda aytilgandan ko'ra ko'proq narsa qilib bering.
Misol uchun sotuvchi sayt yasab topshirdingiz. Siz bitta blokli saytga TZ olgansiz. Lekin aniq bilasizki 2-blokka kerakli materiallarni qidirib topib qo'shsangiz sayt konversiyasi oshadi.
Shuni qo'shib ko'rsatib bersangiz bormi. Shu loyiha orqasidan kamida 5-6 ta loyiha olishiz mumkin.
Bu narsa o'sha vaqtda bo'lmaydi. Lekin ishoning agar shunaqa qilsangiz har bir klentizga ma'lum bir vaqtdan keyin mevasini yeyishni boshlaysiz ))
4. Teambuilisinglar uyushtirib turing, yaqin bo'lib keting.
Sizni ishdan boshqa ham bog'lab turadigan o'xshash narsalar bo'lsin.
Misol uchun qaysidir sport turi yoki dam olish farqi yo'q.
Bayramlarda sovg'a va tabriklar jo'natish ham eng yaxshi usullardan.
Ayniqsa individula yondashilgan bo'lsa, sizdan zo'ri yo'qda )
5. Ko'rsatayootgan xizmatingizni aniq raqamlarda o'lchashb ko'rsating, hisobot tayyorlang.
Shuncha kompaniyalar bilan ishlab real keysda tushunib yetgan narsam shuki, biznesmenlar raqamlarni sevadi.
Xizmatiz unga rostan foyda berayotganini raqamlarda isbotlab qo'ying bo'ldi.
LTV'siz ham raqamlarni doimo o'lchab borish shart.
Chunki...
Sotuv bo'lmayapti! Nega? Marketing yaxshi ishlamayapti!
Mana shu yerda rostan marketing yomon ishlayaptimi yoki ayb boshqa joydami? Balki sotuvdadir, balki produkt umuman bozorga to'g'ri kelmas. Shularni hamma-hammasini raqamlarda o'lchash mumkin.